Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya geologiya sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytiradi

Turkiya geologiya sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston tomoni va Turkiyaning Foydali qazilmalarni tadqiq etish va qidirish Direktorati (MTA) kelgusida hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kelishib oldilar.

Bu haqda joriy yilning 19-dekabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mutasaddilari hamda MTA bosh direktori o‘rinbosari Nail Yildirim va loyiha rahbari Mustafo Toko‘g‘li bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etib o‘tildi.

Uchrashuvda MTA vakillari O‘zbekistonda xorijiy investorlarning qulay faoliyat yuritishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholab, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Foydali qazilmalarni qidirish sohasida yangi loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda sarmoyaviy munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Ikki mamlakat mutaxassislarining hamkorlikdagi faoliyatini kengaytirish, tajriba va texnologiyalar almashish, malakasini oshirish imkoniyatlari ham mavjudligi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, Turkiyaning Foydali qazilmalarni tadqiq etish va qidirish Direktorati 1935-yilda geologik tadqiqot tashkiloti sifatida tashkil etilgan. Bosh ofisi Anqarada joylashgan bo‘lib, tashkilotning asosiy faoliyati geologik qidiruv xizmatlarini ko‘rsatishdir. MTA O‘zbekistonda 2018-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring