Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada uch kunlik motam e’lon qilindi

Turkiyada uch kunlik motam e’lon qilindi

Joriy yil 17-oktyabr kuni G‘azo shimolidagi shifoxonaga Isroil harbiylarining havo hujumi natijasida halok bo‘lgan falastinliklarning xotirasiga Turkiyada uch kunlik motam e’lon qilindi.

Mamlakat bo‘ylab 21-oktyabrning tuniga qadar bayroqlar tushirib qo‘yiladi.

«Turkiya falastinlik birodarlar boshidan kechirgan og‘ir dardni qalbdan his qilmoqda. Aksariyati bolalar va begunoh fuqarolar bo‘lgan minglab shahidlar xotirasi uchun yurtimizda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi», – deydi mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring