Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Umra» ziyoratini tashkil qilishga ruxsat olgan turfirmalar ro‘yxati e’lon qilindi

«Umra» ziyoratini tashkil qilishga ruxsat olgan turfirmalar ro‘yxati e’lon qilindi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi litsenziya berish bo‘yicha Tanlov komissiyasining qaroriga muvofiq 12 ta talabgorlar tanlov g‘olibi deb topilganini ma’lum iildi.

Ayni vaqtda Umra ziyorati uchun litsenziyaga ega 12 ta tur firmaning ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Qo‘mita, o‘z navbatida, litsenziyada ko‘rsatilmagan manzil bo‘yicha «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanish ham ta’qiqlanishini bildirgan.

Shuningdek, «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln. so‘m) etib belgilangani eslatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 9 oktyabrdagi Hukumat qarori bilan  «Umra» tadbirlarini tashkil etuvchilar 1 million dollar mablag‘ni «Ziyorat jamg‘armasi»ga zaxira qilib qo‘yishlari, shuningdek, ziyoratchilarning guruh rahbari etib O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida diniy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassisni tayinlash, turfirma shtatida diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bir nafar mutaxassisning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot, voyaga yetmagan fuqarolarga xizmat ko‘rsatmaslik hamda o‘z faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik kabi talablar belgilangan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring