Urganchdan Toshkentga kelayotgan avtobus yo‘lovchilaridan nega ortiqcha pul yig‘ib olindi? Transport vazirligi javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Xorazm – Toshkent yo‘nalishidagi avtobuslar manziliga vaqtida yetib borolmayaptimi?», «Xorazmdan Toshkentga yo‘lga chiqqan avtobus 24 soatda Samarqandga bordi» mazmunidagi videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Transport vazirligi Axborot xizmati izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 17 yanvar kuni soat 15:00 da Urganch avtovokzalidan «COMFORT AUTO HAMKOR» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan «Tender kontrakti» da ko‘rsatilmagan YUTONG rusumli, davlat raqam belgisi 10 940 DSA va «Tender kontrakti» da ko‘rsatilgan YUTONG rusumli, davlat raqam belgisi 01 197 QJA bo‘lgan avtobuslar «Urganch – Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha 102 ta yo‘lovchi bilan harakatlangan.
Natijada avtobuslar 18 yanvar kuni soat 05:30 larda Navoiy viloyatida gaz yonilg‘isi tugashi, ushbu hududdagi AGTKShlar ishlamayotgaligi sababli qatnovlarni oxiriga yetkazishning imkoni bo‘lmagan.
Vujudga kelgan muammoni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan Navoiy va Samarqand viloyati transport boshqarmalari bilan hamkorlikda yo‘lovchilar «SAMO» mehmonxonasiga vaqtinchalik joylashtirilgan.
18 yanvar soat 10:27 larda dizel yonilg‘isida harakatlanuvchi avtobuslarni jalb qilgan holda Toshkent shahri yo‘nalishi bo‘yicha harakat yo‘lga qo‘yilib yo‘lovchilar oxirgi manzilga yetkazilgan.
Yo‘lovchilar tomonidan ko‘rilgan zarar tashuvchi korxona tomonidan qoplash bo‘yicha choralar ko‘rildi.
Bunday holatlar qayta takrorlanmasligi bo‘yicha Urganch avtovokzali mas’ullari qat’iy ogohlantirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter