Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ustoz jurnalist Orifjon Muhammadjonov 86 yoshida vafot etdi

Ustoz jurnalist Orifjon Muhammadjonov 86 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, ustoz jurnalist Orifjon Muhammadjonov 86 yoshida olamdan o‘tdi.

Orifjon Muhammadjonov 1938-yil 27-martda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Turli yillarda «O‘zbekiston matbuoti» jurnali, «Golos Uzbekistana», «Xabar», «Sado» gazetalarida bosh muharrir lavozimida ishlab, milliy jurnalistika rivojiga munosib hissa qo‘shgan.

1988-1991 yillarda esa O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi o‘rinbosari vazifasida samarali faoliyat yuritgan.

«Xabar» gazetasi hamda «Xabar.uz» tahririyatlari jamoasi marhumning oila a’zolari hamda yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring