Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzbekistan Airways parvozlarini Eron va Iroq osmonini aylanib o‘tgan holda davom ettiryapti

Uzbekistan Airways parvozlarini Eron va Iroq osmonini aylanib o‘tgan holda davom ettiryapti

Uzbekistan Airways fuqaro havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, muntazam parvozlarini 2024-yil 2-oktyabrdan boshlab Iroq havo hududi va Eron havo hududining g‘arbiy qismini aylanib o‘tgan holda amalga oshirishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu qaror Fuqaro aviatsiyasi agentligining ko‘rsatmasiga muvofiq qabul qilingan va aniq ko‘rsatmaga qadar davom etadi.

Ta’kidlanishicha, aviakompaniya parvozlarning maksimal xavfsizligini ta’minlash uchun muqobil yo‘nalishlardan foydalangan holda Toshkent - Tel-Aviv - Samarqand/Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni ham amalga oshirishda davom etadi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2-oktyabr kuni «Flynas» va «Qeshm Air» Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatgani xabar qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring