Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzTest hisobchisining o‘ziga 310 mln so‘m oylik yozib olgani aytilmoqda

UzTest hisobchisining o‘ziga 310 mln so‘m oylik yozib olgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi («UzTest») bosh hisobchisi Akmal Bakilovning yanvar va fevral oylarida hisoblangan oylik daromadlari haqida ma’lumot tarqaldi.

Mazkur ma’lumotga tayanilsa, Bakilov joriy yil yanvar oyi uchun 157,6 mln so‘m, fevral oyi uchun esa 310,8 mln so‘m oylik maosh olgan. Bu ikki oyda bosh hisobchining jami 468,4 mln so‘m maosh olganini bildiradi.
«O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasi Matbuot xizmati ushbu ma’lumotlarga munosabat bildirib, «hozirgi vaqtda holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, xabarning noxolis yoki haqqoniyligini aniqlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borilayotganligini» ma’lum qildi.

Shuningdek, o‘rganishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilgan.

«UzTest» axborot xizmati bosh hisobchisining «ish»i bo‘yicha munosabat berib turgan bir paytda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu davlat muassasasining rahbari Jamshid G‘aniyevning oylik maoshlari ko‘rsatilgan yana bir surat tarqaldi. Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, tashkilot rahbari yanvar oyi uchun 51 mln so‘m, fevral oyi uchun esa 85 mln so‘m (jami 136 mln so‘m) oylik olgan.
Tarqalgan ma’lumotlarning ikkinchi qismi bo‘yicha hozircha rasmiy munosabat bildirilganicha yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring