Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatag‘on qurboni bo‘lgan bir guruh shaxslarga oid jinoyat ishi ko‘riladi

Qatag‘on qurboni bo‘lgan bir guruh shaxslarga oid jinoyat ishi ko‘riladi

O‘zbekistonda sovet tuzumi davrida qatag‘on qilinganlar ishini ko‘rish bo‘yicha sud jarayoni davom ettiriladi.

Oliy sud matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrdagi «Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ular xotirasini abadiylashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan, ayrim sabablarga ko‘ra reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatag‘on qurbonlari nomlarini oqlash yuzasidan takliflar kiritilgan.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 19 aprel kuni soat 15.00 da O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida mustabid sovet tuzumi davrida qatag‘on qurboni bo‘lgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan bir guruh shaxslarga oid jinoyat ishlari apellyasiya tartibida Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ochiq sud majlislarida ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham sovet tuzumi davrida qatag‘on qurboni bo‘lgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan 120 nafar shaxsga oid jinoyat ishlari ko‘rib chiqilib, ularning barchasi oqlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring