Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir Baxtiyor Saidov Turkiyadagi o‘zbeklar mahallasiga bordi

Vazir Baxtiyor Saidov Turkiyadagi o‘zbeklar mahallasiga bordi

Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasi bajaruvchisi Baxtiyor Saidov Turkiyadagi 10 mingdan ortiq etnik o‘zbeklar yashaydigan Ovakent mahallasiga bordi.

«Mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash uchun dunyoning turli burchaklaridan bu yerga kelgan barcha vatandoshlarimizdan minnatdormiz. Mudofaa vazirligi ko‘chma gospitali 2000ga yaqin jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatdi, FVV xodimlari esa vayronalar ostidan 30 dan ortiq odamni qutqarib oldi», deya yozgan Baxtiyor Saidov

Avvalroq, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan Turkiyaning Gaziantep shahrida uchrashgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring