Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar aniqlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan, o‘quvchilari yuqori natijalarga erishgan, o‘z ustida doimiy ishlaydigan, o‘z o‘qitish uslubiga ega malakali pedagoglarga Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov jarayonlari o‘tkazilgan edi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar ro‘yxati tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024 yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lab boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter