Vengriyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinladi
Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga Yojef Roja tayinlandi.
O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Yojef Rojani tayinlangan lavozimi bilan tabriklab, Tashqi ishlar vazirligi binosida Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olganini ma’lum qildi.
«Tadbir doirasida hamkorligimizning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini va yaqin istiqboldagi rejalarimizni muhokama qildik. Janob Elchiga mamlakatimizdagi yangi diplomatik missiyasi davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz», – deydi Saidov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter