Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonga reanimatsion elektromobillar yetkazib beradi

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonga reanimatsion elektromobillar yetkazib beradi

O‘zbekiston SSV Xitoyning Savdo-sanoat palatasi va «Henan Costar Group» kompaniyasi bilan tez tibbiy yordam elektromobillarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

Vazirlikning Xitoy tomoni bilan imzolagan hujjatining umumiy qiymati 150 mln dollarlik bo‘lib, «Henan Costar Group» kompaniyasi bosh direktori Yao Xuantinning ta’kidlashicha, yaqin vaqt ichida «Iveco» maxsus reanimatsion elektromobillari O‘zbekistonda ham ishlab chiqarila boshlaydi.

«Iveco» maxsus reanimatsion elektromobillari test sinov tariqasida O‘zbekistonning turli hududlari, issiq, tog‘li, sovuq hududlarida foydalanilib ko‘riladi hamda natijasi bo‘yicha tez yordamga joriy etiladi», – deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi bosh direktori Abduvoit G‘afurov.

Qayd etilishicha, mazkur elektromobillar bitta quvvatlashda 450 km. gacha harakatlanib, yoqilg‘i-moylash masalasida 10 baravar tejamkor hamda namlik va issiqlikka chidamli hisoblanadi.

Elektromobillar sinov muddatidan yaxshi o‘tgach, investitsiya asosida xarid qilinadi. Keyingi bosqichda servis ko‘rsatish, modifikatsiya qilish bo‘yicha zavod tashkil etiladi.

«Byurtmamizga ko‘ra kompaniya bir nafar paramedik feldsher yuradigan ixcham avtomobilni ham taqdim qilmoqda. Unda birinchi yordam ko‘rsatish sumkalari mavjud hamda chaqiruv asosida harakatlanadi. Shu kichik avtomobil bitta katta reanimobilning vazifasini bajaradi. Bir kunda 15 tadan 25 tagacha chaqiruvlarga bora oladi», – deydi Abduvoit G‘afurov.

Bundan tashqari vazirlik bir qator nufuzli kompaniyalar va moliya institutlari bilan tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha qiymati 500 mln dollarlik investititsya, davlat-xususiy sheriklik va grant loyialari yuzasidan ham muzokaralar o‘tkazgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring