Xitoy kompaniyasi tarifni tushirishga ko‘nmasa, shartnoma imzolanmaydi – Energetika vazirligi
Energetika vazirligi Namangandagi tender bo‘yicha berilgan taklif qayta ko‘rib chiqilishi ortidan paydo bo‘lgan ayrim savollarga tushuntirish berdi.
Vazirlikka ko‘ra, o‘tkazilgan tender tartibi bo‘yicha unda kim qancha taklif berganini avvaldan bilib bo‘lmaydi. Taklif konvertlari ochilgandan so‘ng bilinadi.
Taklif konvertlari ochilganda esa Namangandagi ushbu loyihaga Xitoy kompaniyasi boshqa kompaniyalarga qaraganda eng kam tarif bergan.
«Lekin uning shu taklifi qimmat hisoblanadi», – deyiladi vazirlik izohida.
Qayd etilishicha, vazirlik boshqa kompaniyalar ichida ushbu kompaniyaning kam tarif taklifi bergani xabarini bergan, xolos. Keyingi xabarida esa ushbu loyiha bo‘yicha tarifini optimallashtirish yuzasidan qo‘shimcha muzokaralar olib borilishi aytilgan.
Vazirlik, shuningdek, tahririyatning «agar xitoy kompaniyasi vazirlik bergan tarif takliflariga rozi bo‘lmasa-chi?» mazmunidagi savoliga ham to‘xtalib, «agar, O‘zbek tomonining tarifni tushirish bo‘yicha talabiga Xitoy tomoni ko‘nmasa, O‘zbekiston ular bilan ushbu loyiha yuzasidan shartnoma imzolamaslikka haqqi bor»ligini aytmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter