Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi. Uni Baxtiyor Saidov taklif qilgan

Xitoy tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi. Uni Baxtiyor Saidov taklif qilgan

Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlarining to‘rtinchi konferensiyasida ishtirok etadi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga tayanib RIA nashri yozmoqda.

«O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Bextiyor Saidovning taklifiga binoan Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan 12-13-aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi va Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan to‘rtinchi uchrashuvida ishtirok etadi», deya ma’lum qilgan Xitoy TIV matbuot kotibi Van Venbin.

Van Venbinning aytishicha, Sin Gan O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Prezident Shavkat Merziyoyev bilan ham uchrashadi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni yuqori darajada muhokama qilish, shuningdek, umumiy manfaatdor xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston TIV 13-aprel kuni Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari – Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, shuningdek, O‘zbekiston, Eron tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining uchrashuvi o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi. Unda Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston ham ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun: Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi 2021-yil 8-sentyabrda videokonferensiya shaklida, ikkinchi vazirlar uchrashuvi 2021-yil 27-oktyabrda Tehronda, uchinchisi esa 2022-yil 31-martda Xitoyning sharqiy Anxuy provinsiyasida bo‘lib o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring