Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda amaldorlarning zo‘ravonlik ishi Toshkent shahar sudida ko‘riladi – Oliy sud

Xorazmda amaldorlarning zo‘ravonlik ishi Toshkent shahar sudida ko‘riladi – Oliy sud

Avvalroq, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i hamda Yangiariq tumani FVB boshlig‘ining oilaviy mehribonlik uylarining biridagi qizlarni zo‘rlab kelgani, holat fosh bo‘lgach esa sud ularni ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo chorasi bilan «siylagan»i xabar qilingan edi.

Shuningdek, keyinchalik Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2023-yil 6-apreldagi ajrimi bilan Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining 2022-yil 27-dekabrdagi ajrimining A. M. va A. Q. ga oid qismini bekor qilinib, ishni yangitdan apellyasiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun yuborish to‘g‘risidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti qanoatlantirilib, ushbu jinoyat ishini yangidan apellyasiya instansiya sudida ko‘rish uchun yuborilishi belgilangan.

Oliy sud Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Jinoyat-protsessual kodeksining 393-moddasiga (jinoyat ishining sudlovga tegishliligiga ko‘ra o‘tkazilishi) asosan ushbu jinoyat ishi apellyasiya tartibida yangidan ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahar sudiga yuborilmoqda.

Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring