Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda voyaga yetmagan qizlar Cobalt’da avtohalokatga uchradi  

Xorazmda voyaga yetmagan qizlar Cobalt’da avtohalokatga uchradi  

Joriy yilning 22-mart kuni Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidan o‘tuvchi 4K 953 avtomobil yo‘lning 3-kilometrida «Cobalt» rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Dastlabki surishtiruv jarayonida, Bog‘ot tumani Nurafshon mahallasida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan N.X. (erkak) o‘ziga tegishli bo‘lgan «Cobalt» rusumli avtomashinani boshqarish paytida boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning o‘ng tomonidagi dala maydoniga ag‘darilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi.

Avtomashina yo‘lovchisi bo‘lgan 2006 va 2007-yillarda tug‘ilgan ikki nafar qizga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring