Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XV Toshkent xalqaro kinofestivali yangi milliy filmlar taqdimoti bilan boshlandi

XV Toshkent xalqaro kinofestivali yangi milliy filmlar taqdimoti bilan boshlandi

«Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘yicha bugun, 29 sentyabr kuni «O‘zbekfilm» kinokonsernida press-brifing hamda milliy kinoloyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Press-brifingda Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov so‘zga chiqib festival dasturi va tanlovlari bilan tanishtirdi. Shuningdek so‘nggi yillar kino sohasidagi yutuqlar tilga olinib, sohadagi islohotlar respublika prezidenti sayi harakatlari bilan amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Joriy yilgi festivalga 52 davlatdan tashrif buyurgan 300 ga yaqin mehmon orasida  rejissyor, aktyor va prodyuserlar bilan birga O‘zbekistonning ko‘plab ishonchli hamkorlari ham bor. Shuningdek, 30 ga yaqin davlatlar bilan hamkorlikdagi kinoloyihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek festival davomida taniqli xorijiy va mahalliy kinoijodkorlar ishtirokida master klasslar va ijodiy uchrashuvlar o‘tkaziladi. Quvonarlisi Respublika bo‘ylab festivalga taqdim etilgan filmlarning bepul namoyishlari bo‘lib o‘tishidir.

Press-brifingdan so‘ng milliy kinoloyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Unda rejissyor Jahongir Ahmedov suratga olayotgan «Bahodir Yalangto‘sh», Yolqin To‘ychiyevning «Ulug‘ Amir va donna Mariya», Abduhalil Mignorovning «Mening mahallam», Shohrux Rasulovning «Uch qahramon», Akrom Isakovning «Yengilmas. Tokioga yo‘l» va Abutolib Adamkulovning «Epidemiya» filmlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Festival tadbirlari, kinonamoyishlar va mahorat darslari bo‘yicha barcha ma’lumotlarni tiffest.uz saytidan olishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring