Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana Andijon viloyati hokimining ishdan olingani haqida xabarlar tarqalyapti

Yana Andijon viloyati hokimining ishdan olingani haqida xabarlar tarqalyapti

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan amaldagi lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Viloyat hokimligi axborot xizmati ushbu xabarlarni «asosga ega emasligini» aytib, bu borada hech bir yig‘ilish yoki rasmiy hujjatda so‘z yuritilmaganini bildirdi.

Qo‘shimcha qilinishicha, ayni daqiqalarda viloyat rahbari Shuhratbek Abdurahmonov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va aholi muammolarini hal etish bo‘yicha ish yuritmoqda. Barcha rejalar kun tartibi bo‘yicha davom etyapti.

Eslatib o‘tamiz, Shuhratbek Abdurahmonov 2013-yildan - hozirgi vaqtga qadar Andijon viloyati hokimi, Oliy Majlisi Senati a’zosi hamda xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati hisoblanadi.

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Abdurahmonovning vazifasidan olingani haqidagi xabarlar tez-tez paydo bo‘lmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring