Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti

Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyevning «Sojitz» kompaniyasi Yevropa filiali bosh menejeri Machida Yasuhide hamda «Rönesans» kompaniyasi boshqaruv raisi Djem Ozoguz bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda transport sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik masalalari atroflicha muhokama etilgan.

Xususan, xorijiy kompaniya vakillari O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalarda ishtirok etishga qiziqish bildirayotganligini ma’lum qilishgan.

«Xorijiy kompaniya vakillariga mamlakatimizda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida DXSh asosida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi», – deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring