Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi tashkil qilingan Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi

Yangi tashkil qilingan Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi

Joriy yil 1-iyundagi Prezident farmoni bilan tashkil etilgan prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi.

Tayinlovlarga ko‘ra:

  1. Sherzod Jumanazarovich Berdiyev prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
  2. Xurshid Aripovich Nazarov agentlikning Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
  3. Akmaljon Muhammadumarovich To‘lanov agentlikning Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
  4. Elyorbek Madaminovich Asronqulov agentlikning Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
  5. Ibrohim Ikramovich Xodjiyev agentlikning Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
  6. Nargiza Eshqo‘ziyevna Mavlanova agentlikning Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
  7. Jamshid Aliqulovich Raxmonqulov agentlikning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
  8. Adxam Abdullayevich Bayzaqov agentlikning Cirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
  9. Umidjon Kasimdjonovich Umarov agentlikning Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
  10. Muxiddin Sayfidinovich Tag‘oyev agentlikning Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi lavozimiga;
  11. Nilufar Hikmatjonovna Foziljonova agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
  12. Sardorbek Kadirovich Ergashev agentlikining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
  13. Saylaubay Saparbay o‘g‘li Daniyarov agentlikining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
  14. Qahramon Rajabov Razzoqovich agentlikning Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda agentlik direktori lavozimida Mansurbek Olloyorov faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu Agentlik aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

U o‘z faoliyatini boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Agentlik tashkil topishi bilan Bandlik vazirligi, SSV, IIV, MMTV va boshqa tuzilmalarning tegishli bo‘limlari agentlikka o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring