Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil boshidan buyon Qashqadaryoga bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi – Azimov

Yil boshidan buyon Qashqadaryoga bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi – Azimov

Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida viloyat hokimi Murotjon Azimovning hududni rivojlantirish ishlari holati va istiqboldagi maqsadlar yuzasidan hisoboti tinglanmoqda.

Hisobotda ta’kidlanishicha, 2022-yilning 9 oyida 12,5 mingta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan, ularning soni 55 mingtaga yetgan, ularda 32 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan.

2023-yilda mahallalarda 15 ta "Obod mahalla" markazlarini tashkil etish, xizmatlar sohasida 6,5 mingta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

5,2 ming tonna parranda go‘shti, 450 tonna baliq go‘shti, 18 tonna yem ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik parrandachilik majmuasini ishga tushirish mo‘ljallanmoqda. Qarshi shahrida loyiha qiymati 20 million dollarlik biznes markazini barpo etish ko‘zda tutilgan.

Viloyat hokimi, shuningdek, viloyatning turistik salohiyati borasida ham to‘xtalib o‘tdi.

«Viloyatga 50 ming nafar xorijiy va 1 million nafar mahalliy turist tashrif buyurgan. «Sahrodan-muzlikkacha» turizm magistralini yaratish rejalashtirilgan», – deydi Azimov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring