«Yosh kitobxon» tanlovi sovriniga elektromobil qo‘yildi
Endi o‘zbekistonlik yoshlar kitob o‘qib, sovg‘asiga elektromobil yutib olishi mumkin.
Gap shundaki, «Yosh kitobxon» tanlovi g‘oliblari uchun Prezident sovg‘asi – elektromobil beriladigan bo‘ldi.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev bu haqda post qoldirib, jumladan, shunay deydi:
«Yosh kitobxon» tanlovi yildan yilga kitobxonlarimiz uchun keng imkoniyatlar taqdim etayotganini ma’lum qilamiz. Endilikda, barcha adabiyotlarni siz nafaqat elektron shaklda o‘qishingiz balki «Mutolaa» ilovasi (Play Market / App Store) orqali audioshaklda ham tinglashingiz mumkin. Final g‘oliblariga esa Prezident sovg‘asi elektromobil nasib qiladi».
Tanlovda ishtirok etishni istagan yosh kitobxonlar @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter