Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sovrin jamg‘armasi 600 000 000 so‘mlik «Zakovat-Gambit» finali boshlandi

Sovrin jamg‘armasi 600 000 000 so‘mlik «Zakovat-Gambit» finali boshlandi

Toshkentda «Zakovat-Gambit» turnirining final bosqichi boshlandi. Bu yil uchinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada 4 mingdan ortiq ishtirokchilar orasidan eng kuchlilari bugun g‘oliblik uchun dona suradi.

An’anaga ko‘ra, musobaqaga bu yil ham jahonning eng mashhur shaxmat ustalari taklif etildi. Shaxmat olimpiadasining uch karra g‘olibi Vladimir Kramnik, ayollar o‘rtasida to‘rt karra jahon chempioni Xou Ifan musobaqa qatnashchilari uchun master-klass va hayajonli shaxmat seanslarini o‘tkazdilar.

«Zakovat-Gambit» turniri Davlat rahbarining alohida e’tiboridan keyin so‘nggi yillarda nufuzi ortib ketgan «Zakovat» klubining tashabbusi bo‘lib, mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida shaxmat sport turnirini ommalashtirishga ulkan hissa qo‘shmoqda.

Turnir shveysarcha tizimda 5 ta guruhda o‘tkaziladi. 2022-yili A guruhida Javohir Sindorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov; B guruhida Xumoyun Begmurodov, Oleg Artyomenko, Daler Vohidov; C guruhida Afruza Hamdamova, Asrorjon Omonov, Miraziz Qo‘ziyev; D guruhida Islombek Sindorov, Temur Shernazarov, Akbarali Abduhakimov; E guruhida Madinabonu Xalilova, Abdumajid Botiraliyev, Abdumalik Xalilov g‘olib bo‘lishgan. 1-o‘rin egalari 50, 2-o‘rin sohiblari - 30 va 3-o‘rinni olganlar 20 million so‘m bilan taqdirlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring