Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Zarafshon» milliy tabiat bog‘idagi yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Zarafshon» milliy tabiat bog‘idagi yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

13 yanvar, shanba kuni Samarqand viloyatida joylashgan «Zarafshon» milliy tabiat bog‘ining «Olmazor» mahallasi hududida joylashgan qismida yong‘in kelib chiqqan va holat bo‘yicha yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilib, yong‘in to‘liq bartaraf etilgan edi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, hodisa joyiga viloyat prokuraturasi mas’ullari yetib borgan. Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Tergov jarayoni esa Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Qayd etilishicha, dastlabki hisob-kitoblarda yong‘in natijasida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 120,7 mln so‘mni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Xabar.uz» avvalroq ushbu hududda deyarli har yili yong‘inlar yuzaga kelishi, yong‘in natijasida esa katta daraxtlar kesilib, o‘tin qilib sotib yuborilishi haqida xavotirlarini yozgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring