Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zarafshondagi aeroport faoliyati qayta tiklanishi mumkin

Zarafshondagi aeroport faoliyati qayta tiklanishi mumkin

Prezident Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Navoiy viloyati infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.

Jumladan, Zarafshon shahri aholisi 2-3 yilda 100 mingdan oshadi. Shu bois, Zarafshon hududini Tomdi tumani hisobidan 2 ming gektarga kengaytirib, 150 ming aholi uchun sharoit yaratish zarurligi qayd etildi.

«Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida jami 200 ming aholi yashaydi. Ular Toshkent shahriga kelish uchun avval avtomobilda 250-300 kilometr yo‘l yurib, Navoiy shahriga boradi. Keyin esa, bu yerdan poyezd yoki samolyotga o‘tirib, poytaxtga borishga majbur bo‘layapti», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Zarafshon shahridagi 80-yillarda qurilgan aeroport esa hozirda ishlamayapti. Ushbu aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini o‘rganib, tegishli takliflar kiritish topshirildi.

Mas’ullar oldiga ijtimoiy infratuzilma va kommunikatsiya tarmoqlarini qish mavsumiga sifatli tayyorlash, kamchiliklarni bartaraf etish vazifasi qo‘yildi.

Mutasaddilarga ayollarni kasbga o‘qitish, bandligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlashni yaxshilash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish davomida kompleks va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring