Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zovurlarni yopiq tizimga o‘tkazish va ustida savdo-servis ob’yektlari qurish taklif qilindi

Zovurlarni yopiq tizimga o‘tkazish va ustida savdo-servis ob’yektlari qurish taklif qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda yerdan unumli foydalanish bo‘yicha Oltinko‘l tajribasi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Oltinko‘ldagi tadbirkor zovurni yopiq tizimga o‘tkazib, 1,1 gektarda 20 ta savdo va servis ob’yekti qurgan. Tuman hokimlari hech bo‘lmaganda 30 kilometr zovurni shu tizimga o‘tkazsa, 1 mingta savdo-servis ob’yekti, 10 ming ish o‘rni yaratish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga butun respublika bo‘yicha trassa bo‘yidagi kamida 300 kilometr zovurlarni belgilab, tadbirkorlarga taklif qilish topshirildi. Yil yakunigacha Oltinko‘l tajribasi asosida 10 mingta savdo-servis joyi va 100 mingta ish o‘rni yaratilishi belgilandi.

Shuningdek, viloyatdagi 21 ming gektar adirni 13 ming gektariga suv chiqarib, ekin ekish mumkin. Mutasaddilarga respublikadagi barcha qir va adirlardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Bunday yerlarga suv chiqarishda nasos ishlatish uchun elektr energiyasi narxi dehqonlarga og‘irlik qilishini inobatga olib, quyosh paneli o‘rnatish uchun moliyaviy instrumentlarni tezroq ishlatish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring