Depressiyaga qarshi kurashishning eng oddiy usuli aniqlandi
Xalqaro ilmiy guruh a’zolari jismoniy faoliyat ruhiy tushkunlikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligini aniqladi. Ta’kidlanishicha, tadqiqotchilar 266 939 nafar aqliy sog‘lom kishining 49 ta tadqiqot natijalarini tahlil qildilar. Ularning 47 foizi erkaklardir.
Monitoringning o‘rtacha muddati 7,4 yilni tashkil etdi. Kuzatuv davomida tana vazni, yomon odatlar mavjudligi va umumiy jismoniy ko‘rsatkichlar hisobga olindi.
Mutaxassislarning aniqlashicha, jismoniy faolligi yuqori bo‘lgan odamlarning yoshi yoki yashash joyidan qat’i nazar depressiya rivojlanishi ehtimoli kamroq ekan.
Ular depressiyaning rivojlanishida sportning ta’sirini tahlil qilishni rejalashtirishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter