Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV ogohlantiradi: harorat pasayib, shamol kuchayadi

FVV ogohlantiradi: harorat pasayib, shamol kuchayadi

FVV xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning shimoliy hududlarida kuchli qor yog‘ib, ob-havo harorati keskin pasaydi. Yaqin bir kecha-kunduzda poytaxtda ham ob-havo haroratining pasayishi va shamolning kuchayishi kutilmoqda. 

«Mulkingizga ziyon yetishining oldini olish uchun daraxtlar tagida va reklama ustunlari yaqinida qoldirgan avtomobillaringizni xavfsizroq joyga qo‘yishingizni so‘raymiz.

Derazalarni mahkam yoping. Tashqi tokchadan gultuvaklar va boshqa buyumlarni olishingizni tavsiya etamiz.

Elektr bilan bog‘liq uzilishlar yuzaga kelgan taqdirda, maishiy elektr uskunalarni elektr tarmog‘idan uzib qo‘ying», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring