«Gmail» orqali o‘z-o‘zidan o‘chib ketuvchi maktub yuborishni bilasizmi?

«Gmail» yuborilgan maktublar belgilangan muddatdan so‘ng o‘z-o‘zini o‘chirib tashlaydigan funksiyani joriy etdi. Mazkur funksiyadan foydalanish uchun pochtaning yangi dizayniga o‘tish kerak, deb xabar beradi «Layfxaker».
Pochtaning yangi dizayniga o‘tilganidan so‘ng, quyidagi amallar bajariladi:
- «Yozish» tugmasi bosiladi.
- Soat tasviri tushirilgan qulf belgisi tanlanadi.
- Maktubning qancha muddatga saqlanib qolishi belgilanadi.
Agarda foydalanuvchi belgilangan muddat ichida uni ochmasa — maktub o‘chib ketadi. Bundan tashqari, shu turdagi xabarlarni ko‘chirib olish yoki printer orqali bosib chiqarishning ham iloji yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas