Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isitma chiqqanda nima mumkin, nima mumkin emas?

Isitma chiqqanda nima mumkin, nima mumkin emas?

Foto: «Probakterii.ru»

Tana harorati ko‘tarilishi odam organizmidagi tabiiy himoya mexanizmi hisoblanadi. Ushbu holat infeksiya yoki yallig‘lanish jarayonidan dalolat berib, leykotsitlar faol kurash olib borayotgan bo‘ladi.

Isitmani sezgan zahoti haroratni tushirishga shoshilmang. Organizmga o‘zini himoya qilishni boshlashiga imkon bering: bordi-yu, tana haroratining ko‘tarilishiga yo‘l qo‘yilmasa, kasallik cho‘zilishi mumkin.

Agar 38-38,5°S harorat 3-5 kun ichida pasaymasa, isitmani tushirish kerak.

Isitmada taqiqlanadi:

Tarkibida spirt bo‘lgan kompress va xantaldan foydalanish;

banka qo‘yish;

isitgichda isinish hamda adyol yoki issiq kiyimga o‘ranib olish;

issiq vanna va dushda cho‘milish;

spirtli ichimliklar iste’mol qilish;

issiq ichimliklar, jumladan, qahva ichish;

shirinliklar iste’mol qilish.

Isitmada tavsiya etiladi:

Ko‘proq suyuqlik ichish, faqat ichimliklar issiq bo‘lmasligi kerak — xona haroratidagisi ma’qul;

peshona, bo‘yin, bilak, chov va qo‘ltiq ostiga sovuq kompresslar qo‘yish;

tanani iliq yoki o‘rtacha haroratli suv bilan artish: avval yuz, keyin peshona, qo‘l va oyoqlarni galma-gal;

qat’iy yotoq tartibiga amal qilish lozim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring