IT-maslahat: Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
Ko‘pchilik operatsion tizim dasturlari yoki internet tarmog‘idagi yozishmalarda lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida kirill alifbosidagi Ў va Ғ harflarini yanglishib O‘ va G‘ ko‘rinishida yozadi. Ushbu xatolik ko‘chalardagi bannerlarda ham uchrab turadi, achinarli tomoni esa buni katta-katta harflarda yozib qo‘yilganidir.
Aslida esa uning yozilishi quyidagicha – O‘ va G‘.
Muammoning sababi shundaki, ko‘pchilik kompyuterda ushbu harflarni qanday qilib to‘g‘ri yozishni bilmaydi. Xo‘sh, buning uchun qanday tezkor amalni bajarish kerak? Bu borada o‘z tavsiyalarimizni bildirib o‘tamiz.
1️. Barcha dasturlarda buni yozish uchun esa ALT+0145 klavishlari kombinatsiyasi bosiladi.
Izoh: ALT klavishini qo‘yib yubormagan holda NumLock panelidagi raqamlar kiritiladi va shundan so‘ng barmoq ALT klavishidan olinadi.
2️. Microsoft Word dasturida esa buni kiritishning boshqa usuli ham mavjud, buning uchun CTRL+ ~ + ~ klavishlar kombinatsiyasi bosiladi.
Izoh: CTRL klavishini qo‘yib yubormagan holda Esc klavishi osti yoki o‘ng tomonidagi ~ (kirillcha Ё harfi) klavishiga ikki marta bosiladi va shundan so‘ng barmoq CTRL klavishidan olinadi.
Avvallari bunga ahamiyat bermay kelgan bo‘lsangiz, bundan keyin shu maslahatlar asosida mazkur harflarni to‘g‘ri kiritishga odatlanasiz, degan umiddamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter