Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: shifokor alkogol xavfini tushuntirib berdi

Koronavirus: shifokor alkogol xavfini tushuntirib berdi

Foto: «RIA Novosti»

Alkogol organizm va jigarni qo‘shimcha zo‘riqtiradi, xolos. Koronavirus kasalligida esa zarar yetkazishi ham hech gap emas, deydi Nyu-York klinikasi shifokori Marlen Kaplan «RIA Novosti»ga bergan intervyusida.

Nyu-York shtati AQShda koronavirus epidemiyasi markazi hisoblanadi. Dushanba kuni birgina shtatdagi qurbonlar soni 10 ming kishidan oshib ketdi.

Profilaktika maqsadida alkogol iste’mol qilish foydalimi, degan savolga Kaplan shunday javob berdi: «Hamma xavf-xatarlarni taroziga solib ko‘rish kerak. Har qanday kasallik kabi koronavirus ham butun a’zolarimizga yuklama beradi. Organizmimiz virusga qarshi kurashayotganda jigarimizga qo‘shimcha yuklama tushadi: u bu kurash mahsulotlarini filtrlashiga to‘g‘ri keladi».

«Jigaringizni zo‘riqtirishni xohlaysizmi? Alkogol og‘izni, nari borsa tomoqni dezinfeksiya qilishi mumkindir, lekin bu yagona dezinfeksiya maydoni xolos. Spirt o‘pkangizni dezinfeksiya qilmaydi», — deydi u.

Shifokor og‘izni chayish uchun sodaning suvli eritmasidan foydalanishni maslahat beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring