Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Miya kasalligidan qanday qutulib qolish mumkin?

Miya kasalligidan qanday qutulib qolish mumkin?

Foto: Medium

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, jismoniy mashqlar miyani tuzalmas kasalliklardan saqlaydi. Hatto odam Alsgeymerga chalina boshlagan bo‘lsa ham, jismoniy mashqlar kasallik rivojlanishiga to‘siq bo‘ladi.

Badantarbiya mashqlari miyadagi eski neyron to‘qimalarni saqlaydi va yangilari paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga saqlovchi neyromediatorlar sonini ham oshiradi.

Alsgeymar kasalligi bilan bog‘liq holatlarning uchtadan bittasida turmush tarzini o‘zgartirish katta foyda keltirgan. 65 yoshdan katta odamlar haftasiga kamida 150 daqiqa o‘rtacha intensiv mashq qilishi yoki 75 daqiqa yuqori intensiv mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishi lozim. Bu o‘rinda har bir mashq kamida 10 daqiqa davom etishi lozim.

Badantarbiya mashqlari keksa odamlarda miya faoliyatini yaxshilash bilan birga uyquni yaxshilaydi va tushkunlikka tushmaslikka sabab bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring