Olimlar umrni uzaytiradigan ichimlikni topishdi
Mutaxassislar umrni uzaytiradigan ichimlikni aniqlashdi. Bu haqda «Express» xabar bermoqda.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, anor sharbati nafaqat umrni uzaytirishi, balki saraton kasalliklari xavfini kamaytirishi mumkin. Mutaxassislar drozofila ustida o‘tkazgan tajribalar anor sharbati ushbu hasharotning erkak va urg‘ochilari umrini mos ravishda 18 va 8 foizga uzaytirishga yordam berishini tasdiqladi. Shuningdek, ushbu ichimlikni iste’mol qilgan hasharotlar kun davomida jismoniy jihatdan ancha faol bo‘lganligi aytilmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, anor sharbati tarkibida urolitin A moddasi bo‘lib, u hujayralardagi mitoxondriya funksiyasini yaxshilaydi. Ushbu omil organizmning qarish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar ushbu ichimlik yurak xastaliklari xavfini kamaytirishini aniqlashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter