Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samolyotdagi qaysi odat o‘limga olib kelishi mumkin?

Samolyotdagi qaysi odat o‘limga olib kelishi mumkin?

Foto: «Cotebleue-velobike.fr»

Samolyot parvozga ko‘tarilayotganda yoki qo‘nayotganda deyarli hamma yo‘lovchining qulog‘i bitadi. Biroq shifokor o‘sha vaqtda saqich chaynash mumkin emasligiga oydinlik kiritdi, deb yozadi «Rambler».

Sarguzashtlar haqidagi kitob muallifi, doktor Ben Makfarleynning aytishicha, agar sayyoh parvoz vaqtida saqich chaynasa, bo‘g‘ilib qolishi mumkin.

Chaynaganda xuddi gazlangan suv ichgandagi kabi odam ko‘proq havo yutishga majbur bo‘ladi. Girdobli harakat yoki qattiq qo‘nish vaqtida odam bo‘g‘ilib qolishi hech gap emas, — deb izohlaydi shifokor.

Quloq bitishining oldini olish uchun Makfarleyn pastki jag‘ni faol qimirlatishni yoki esnaganga o‘xshab harakat qilishni maslahat beradi. Yana, u Valsalvi (og‘iz va burunni yopib, nafas chiqarish) usulidan foydalanishni tavsiya etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring