Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor koronavirusda xavfsiz masofani ma’lum qildi

Shifokor koronavirusda xavfsiz masofani ma’lum qildi

Foto: «RIA Novosti»

Yaponiyalik mashhur shifokor-infeksionist va epidemiolog, megapolisda infeksiyalar tarqalishi bo‘yicha Tokio qo‘llanmasi muallifi Sato Akixiro fikricha, koronavirus bilan bog‘liq holatda odamlar soniga qarab tadbirlarni cheklashdan ma’no yo‘q, chunki bunda ular orasidagi masofa muhimroq.

«Ko‘chada xavf-xatar kamayadi, ya’ni odamlar soniga qarab cheklashdan foyda yo‘q. Masalan, tasavvur qiling, ko‘chada bir necha o‘n ming odam to‘plansa, lekin ular orasida 1,5-2 metrgacha masofa bo‘lsa, ustiga-ustak, bir-birlari bilan gaplashmasa, bu shamollatilmaydigan xonada ozgina odam to‘planib, ular orasida 30 sm – 1 metrgacha masofa bo‘lishi va suhbatlashishidan ko‘ra xavfsizroq. Mana shunday qilmaslik kerak», — deydi Sato «RIA Novosti»ga bergan intervyusida.

Uning ta’kidlashicha, misol tariqasida yopiq xonadagi konsertni olaylik, koronavirus infeksiyasi tarqalishi nuqtai nazaridan u yerda yuzta odam bo‘ladimi yoki besh mingta — farqi yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring