Sizni «qora ro‘yxat»ga kiritgan raqamga qanday qo‘ng‘iroq qilish mumkin?
Sizni «qora ro‘yxat»ga kiritgan abonentlarga qanday qilib qo‘ng‘iroq qilish mumkin? Bu haqda ma’lumot berildi.
Eng oddiy yechim — mobil aloqa operatorining raqamni aniqlashga qarshi pulli xizmatidan foydalanish. Ammo buni tekinga ham qilsa bo‘ladi.
Ko‘p smartfonlarning sozlamalarida raqam aniqlagichni bepul o‘chirib qo‘yish mumkin.
iPhone: asosiy sozlamalarga kirilib, «Telefon» bo‘limida «Raqamni ko‘rsatish» o‘chiriladi.
Android: kengaytirilgan sozlamalarni ochib, «Raqamni aniqlash» servisi o‘chiriladi.
Sizni «qora ro‘yxat»ga tirkagan odamga qo‘ng‘iroq qilishning yana bir vositasi — messenjerlar. Hatto sizning raqamingiz bloklab qo‘yilgan bo‘lsa ham, ular orqali xabaringiz yetib borishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter