Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sochlarni tekislovchi vositalardan ko‘p foydalanish saratonga sababchi bo‘lishi mumkin

Sochlarni tekislovchi vositalardan ko‘p foydalanish saratonga sababchi bo‘lishi mumkin

Sochlarni tekislovchi vositalardan ko‘p foydalanuvchi ayollarda bachadon saratoni rivojlanishi ehtimoli sezilarli darajada oshadi. AQSh milliy instituti olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijalari shunday xulosa berdi.

Cochlarni tekislovchi vositalar tarkibida endokrin tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kimyoviy moddalar mavjud.

AQShda bachadon saratoni xastaligi (eng ko‘p tarqalgan ginekologik saraton turi), ayniqsa, qora tanli ayollar orasida ko‘p uchramoqda.

Umuman olganda, go‘zallik muolajalari bilan o‘ynashib bo‘lmaydi. Masalan, ayrim kosmetologiya vositalari tarkibidan endokrin buzilishlarga olib keluvchi dioksan moddasi bor. Tirnoqlar uchun ultrabinafsha lampalardan foydalanishni me’yordan oshirib yuborish esa teri saratoniga olib kelishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring