Yurak-qon tomir kasalliklarida o‘lim xavfini kamaytirish uchun ismaloq iste’mol qiling

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ismaloq yurak-qon tomir kasalliklarida o‘lim xavfini 43 foizga kamaytiradi.
Gap shundaki, bargli sabzavotlarda ko‘p miqdorda K1 vitamini mavjud bo‘lib, bu qon tomirlarini elastik qiladi, blyashka shakllanishiga (asosan xolesterin, yog‘ va boshqa moddalarning tomir devorlarida to‘planib, qon oqimini qiyinlashtiradigan holatdir) to‘sqinlik qiladi va yurak muammolari xavfini kamaytiradi.
Eng muhimi, K1 ismaloq, brokkoli va karamda uchraydi va kunlik tanqislikni yopish uchun bitta kichik stakan bargli ko‘katlar yetarli.
Taomnomangizga, albatta, ko‘katlar qo‘shing!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter