«14 yildan beri tanishmiz» — Gurbanguli Berdimuhammedov Shavkat Mirziyoyevning foydali maslahatini yodga oldi

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov avvaliga tor doirada, so‘ng ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazgani haqida xabarlar bergandik.
Uchrashuvda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Shavkat Mirziyoyev haqida gapirdi.
— Biz bir-birimiz bilan 2007-yildan boshlab, 14 yildan beri tanishmiz. U vaqtda boshqa vazifalarda ish olib borganmiz. Ochiq gapirsam, men Shavkat Mirziyoyevni mas’uliyatli rahbar, o‘z ishining bilimdoni va umuman inson sifatida hurmat qilaman. U bizga ko‘p amaliy yordam bergan. Bitta misolni keltirmoqchiman, Shavkat Miromonovich maslahatiga ko‘ra, paxta yetishtirishga yangicha yondashib, qishloq xo‘jaligida sezilarli o‘sishga erishdik, — dedi Gurbanguli Berdimuhamedov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas