2017-yilda O‘zbekiston davlat chegaralaridan 22 mln kishi o‘tdi

2017-yil hisobida davlat chegarasi hududida 4940 nafar chegara buzg‘unchisi ushlandi.
2017-yilda O‘zbekiston davlat chegaralaridan 22 mln kishi o‘tdi, ularning 7 mln nafarga yaqini chet elliklardir.
2017-yil mobaynida O‘zbekiston davlat chegaralaridagi o‘tkazish punktlari orqali jami 22 mln nafardan ortiq kishi o‘tgan bo‘lib, ularning qariyb 7 mln nafarga yaqini chet el fuqarolaridir. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari — Bosh shtab boshlig‘i general-mayor Nosirbek Usmanbekov payshanba kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi,- deb yozadi gazeta.uz.
Uning ma’lum qilishicha, o‘tgan yil davomida davlat chegaralarida 920 mingdan ortiq transport vositasi ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ularning 400 mingdan ziyodi chet el transport vositalaridir.
«2017-yil hisobida davlat chegarasi hududida 4940 nafar chegara buzg‘unchisi ushlandi, — deydi Nosirbek Usmanbekov. — Shuningdek, 32 mlrd so‘mlik noqonuniy olib o‘tilayotgan moddiy vositalar, 1,88 mln AQSh dollari va boshqa davlatlar valyutalari, 48 kg 971 gramm miqdorida giyohvand moddalar va 285 dona qurol ushlab qolingan».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter