Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri Sadir Japarovni tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Sadir Japarov nomiga Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Bu haqda O‘zbekiston hukumati portalida xabar berilgan.
Tabrik maktubida Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Sadir Japarovga o‘zaro manfaatli hamkorlikni barcha yo‘nalishlarda kengaytirishiga, shuningdek, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaati uchun strategik sheriklikni yanada mustahkamlashiga umid bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistondagi namoyishlar fonida avvalgi bosh vazir Kubatbek Boronov iste’fo berib, o‘rniga sobiq deputat Sadir Japarov kelgandi.
Biroz avval prezident Jeenbekov ham ketishini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter