Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Amudaryoning narigi sohilida tinchlik bo‘lmasa...» — Shavkat Mirziyoyev murojaat yo‘lladi

«Amudaryoning narigi sohilida tinchlik bo‘lmasa...» — Shavkat Mirziyoyev murojaat yo‘lladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkentda o‘z ishini boshlagan «Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish» mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ishtirokchilariga o‘z murojaatini yo‘lladi.

Asosiy tezislar:

  • Amudaryoning narigi sohilida tinchlik bo‘lmasa O‘zbekistonda ham, butun Markaziy Osiyo mintaqasida ham xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi;
  • Afg‘onistonning xalqaro maydonda yakkalab qo‘yilishi gumanitar vaziyatning yanada yomonlashuviga olib kelishi muqarrar, shu bois bunga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. Gap millionlab insonlarning taqdiri haqida bormoqda;
  • davlat boshqaruvida afg‘on jamiyatining barcha qatlamlaridan vakillar keng ishtirok etadigan tarkibni shakllantirish, inson, ayniqsa, xotin-qizlar, barcha milliy va diniy guruhlarning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishning fundamental asosi bo‘lib qolmoqda;
  • biz Afg‘onistonning hozirgi hukumatini terrorizmning har qanday shakli va ko‘rinishlari oldini olish va ularga qarshi kurashish, barcha xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan aloqalarni uzish uchun o‘zining qat’iy irodasini namoyon etib, keskin choralar ko‘rishga chaqiramiz;
  • Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta tiklash vazifasi bizning umumiy ustuvor yo‘nalishimizga aylanishi kerak, bu jafokash afg‘on zaminida mustahkam tinchlik o‘rnatishning muhim sharti hisoblanadi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring