Asaka tumani hokimi, prokurori va boshqalar mukofotlandi

Prezident Asaka tumani mansabdorlarini mukofotladi. Bu haqda davlat rahbarining farmoni e’lln qilindi.
Asaka tumanining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, o‘zining boy bilim va tajribasi, tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyati bilan hududlar infratuzilmasini takomillashtirib, «Islohotlar shtabi» faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yganligi, xalqimiz manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, aholi tinchligi va farovonligini ta’minlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlandi:
«Do‘stlik» ordeni bilan
Mo‘minov Nasibulla Nabiyevich - Andijon viloyati Asaka tumani hokimi
«Jasorat» medali bilan
Mirzakarimov Akmaljon Dilmuradovich - Andijon viloyati Asaka tumani prokurori
Nazirov Shoxruxbek Xolmuxamedovich - Andijon viloyati Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
Raximov Ilxomjon Gulamovich - Andijon viloyati Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i
«Shuhrat» medali bilan
Nabiyev Farxod Kabuljanovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter