Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayubxon Yunusov yangi lavozimga tayinlandi

Ayubxon Yunusov yangi lavozimga tayinlandi

Ayubxon Yunusov O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Kuvaytga elchi etib tayinlanishidan oldin u TIVning Konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

50 yoshli diplomat Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Misrning «Al-Azhar» universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Xalqaro huquq, islomshunoslik, arab filologiyasi singari mutaxassisliklarga ega. Yuridik fanlar nomzodi.

2003 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarda, jumladan, markaziy apparatda, Saudiya Arabistonidagi elchixonada, Jidda shahri va Dubay Emiratidagi (BAA) Bosh konsulliklarda ishlagan.

Ayubxon Yunusov 2016—2022 yillarda O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi bo‘lib ishlagan Bahromjon A’loyev o‘rniga tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring