Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov va Iqboljon Xoldorov davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Bahodir Jalolov va Iqboljon Xoldorov davlat mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq, o‘zining bilim va iqtidori, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan fidoyi va mard o‘g‘lonlar «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Mukofot olganlar orasida taniqli bokschilar Bahodir Jalolov hamda Iqboljon Xoldorov ham bor.

«Yoshlar kuni» arafasida o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi. Mukofot sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati

Mambetnazarov Islambek Muratbayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining akademik eshkak eshish bo‘yicha murabbiyi

Sagatov Sabur Baxtiyar uli - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanidagi «Komservis Shumanay» xususiy korxonasi direktori

Musaboyev Shaxrizod To‘ychibek o‘g‘li - Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi «Oltin yer himoya» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

Xoldarov Iqboljon Boxodirjon o‘g‘li - Andijon davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Raxmonov Sherzod Tolibovich - Buxoro viloyati Peshku tumanidagi «Hamro Raxmon chorva» fermer xo‘jaligi boshlig‘i

Haydarov Muxammad Shamsiddin o‘g‘li - «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati Shofirkon tumani bo‘limi a’zosi, yog‘och o‘ymakor usta

Isroilov Otabek Batirovich - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Jizzax temir yo‘l masofasi yetakchi muhandisi

Xolyigitov Behzod Mardiboy o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism mutaxassisi (Jizzax viloyati)

Abdisalimov Abdimalik Boxodir o‘g‘li - Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi 75-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi

Tursunov Jahongir Yusup o‘g‘li - Respublika dizayn kollejining 3-bosqich o‘quvchisi (Qashqadaryo viloyati)

G‘afforov Ibrohimjon Qobiljon o‘g‘li - Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi

Qudratov Istam Safar o‘g‘li - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi elektrochilangari

Murodullayev Sarvarbek Javlonbek o‘g‘li - Namangan muhandislik-qurilish institutining 4-bosqich talabasi

Yusupov Muxammadxon Olim o‘g‘li - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Respublika yosh ijodkorlar Kengashi yetakchi mutaxassisi (Namangan viloyati)

Alikov Kamoljon Kamtar o‘g‘li - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi «Registon Kamoljon» xususiy korxonasi rahbari

Bahromov Ilhom Ismoil o‘g‘li - Respublika olimpiya zaxiralari kollejining 3-bosqich o‘quvchisi (Samarqand viloyati)

Kayumxujayev Odilxuja Ikromxuja o‘g‘li - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Xamdamov Javlonbek Baxtiyor o‘g‘li - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi (Surxondaryo viloyati)

Tuxtashov Sanjar Karomatovich - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Termiz shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi yong‘in o‘chiruvchisi

Sabriddinov Asliddin Diyoriddin o‘g‘li - Toshkent viloyati Parkent agrosanoat va servis kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Sultonov Otabek Qurbonboy o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi 3-bosqich o‘quvchisi (Toshkent viloyati)

Rustamov Oybek Rovshanjon o‘g‘li - Farg‘ona viloyati «Qo‘qon-1912» professional futbol klubi a’zosi

Xoshimov Qobiljon Qosimjonovich - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi harbiy qism vzvod komandiri (Farg‘ona viloyati)

Allabergenov Zafar Ulug‘bekovich - Urganch davlat universitetining 1-bosqich talabasi

Egamberganov Xakimboy Kudrat o‘g‘li - O‘zbekiston Milliy universitetining 4-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Abdulboqiyev Jamshid Fozil o‘g‘li - Toshkent shahar Olmazor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 17-IIB profilaktika inspektori

Shukurov Rovshanbek Abduraxmanovich - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimi (Toshkent shahri)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring