Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baxtiyor Saidov Ozarbayjon TIV rahbari bilan Eron bo‘yicha gaplashdi

Baxtiyor Saidov Ozarbayjon TIV rahbari bilan Eron bo‘yicha gaplashdi

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov ozarbayjonlik hamkasbi Jeyhun Bayramov bilan muloqot o‘tkazdi

"Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik. O‘zbekiston – Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarimizning barcha jabhalarda izchil rivojlanayotganiga e’tibor qaratdik.

Kun tartibi oliy va yuqori darajadagi almashinuvlar, ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar, jumladan, IHT vazirlar yig‘ilishi kabi tadbirlar bilan boy. 

Shuningdek, Isroil-Eron mojarosining keskinlashuvi oqibatida yuzaga kelgan mintaqaviy vaziyat haqida fikr almashib, tinchlik va barqarorlikni saqlash muhimligini ta’kidladik", deyiladi TIV rahbari. 

Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiy jahon hamjamiyatiga murojaat bilan chiqqandi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring