Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bir makon, bir yo‘l» forumi ishtirokchilari kutib olindi (foto)

«Bir makon, bir yo‘l» forumi ishtirokchilari kutib olindi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Pekin shahridagi Xalq yig‘inlari uyida «Bir makon, bir yo‘l» uchinchi xalqaro forumida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va rafiqasi tantanali kutib oldi. 

Marosimda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart To‘qayev, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Pokiston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar ul-Haq Kakar, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, qator boshqa mamlakatlarning davlat va hukumatlar rahbarlari ham ishtirok etdi. Birgalikda suratga tushildi.

Mehmonlarga teatrlashtirilgan konsert dasturi taqdim etildi.

Forumning asosiy tadbirlari ertaga, 18 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring