Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir pog‘ona pasaygan O‘zbekiston «Global tinchlik indeksi»da 103-o‘rinni egalladi

Bir pog‘ona pasaygan O‘zbekiston «Global tinchlik indeksi»da 103-o‘rinni egalladi

Manba: Global Peace Index

O‘zbekiston 2020-yilgi «Global tinchlik indeksi» (Global Peace Index)da 163 o‘rindan 103-o‘rinni band etdi. Indeks bilan batafsil ushbu havolada tanishishingiz mumkin. 

O‘tgan yilgi indeksda O‘zbekiston 102-o‘rinda edi.

Sobiq ittifoq mamlakatlari indeksda quyidagi tartibda joylashdi: Qozog‘iston — 70, Moldova — 71, Qirg‘iziston — 93, Belarus — 94, Tojikiston — 107, Turkmaniston — 116, Ukraina — 148, Rossiya — 154-o‘rin.

AQSh — 121, Xitoy — 104, Eron — 142, KXDR — 151, Janubiy Koreya — 48, Yaponiya — 9-o‘rinda.

Eng tinchliksevar mamlakat — Islandiya (1-o‘rin). Keyingi o‘rinlarda: Yangi Zelandiya (2), Portugaliya (3), Avstriya (4), Daniya (5).

Eng oxirgi o‘rinlarda: Afg‘oniston (163), Suriya (162), Iroq (161), Janubiy Sudan (160), Yaman (159).

«Global tinchlik indeksi» (GPI) Iqtisodiyot va tinchlik instituti tomonidan 14 yildan beri tuzib kelinadi. Indeks asosan uch toifaga quriladi: «Cho‘zilib ketgan nizolar», «Muhofaza va xavfsizlik» hamda «Harbiylashish». Bular ham o‘z navbatida 23 indikatorga bo‘linib, mamlakatlarning tashqi va ichki tinchliksevarligi baholanadi.

Indikatorlar, xususan, jamiyatning jinoyatlarga munosabati, har 100 ming aholiga to‘g‘ri keluvchi qotilliklar va mahkumlar soni, quroldan foydalanish imkoniyati, har 100 ming aholiga to‘g‘ri keluvchi politsiya va xavfsizlik xizmati xodimlari soni, qurolli nizolardagi ishtiroklar va qurbonlar soni, harbiy xarajatlar, siyosiy barqarorlik, ichki nizolarning davomiyligi va hokazolarni o‘z ichiga oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring