«Bo‘lca-bo‘lmasa paxta ekaverish — iqtisodiyotni tushunmaslik». Sirdaryo viloyatida 20 ming gektar paxta maydoni qisqartiriladi

Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlar davom ettirilishi, hosildorligi kam yerlarda paxta qisqartirilishini ta’kidladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«Bo‘lsa-bo‘lmasa paxta ekaverish, uni arzon narxda xomashyo sifatida sotish — iqtisodiyotni tushunmaslik. Endi paxtani faqat rentabelligi bor joylarda ekamiz. Xudo xohlasa, ikki-uch yildan keyin bir kilo paxtamizni ham chetga sotmaymiz. Zamonaviy korxonalar tashkil etib, yurtimizda qayta ishlaymiz, qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot qilib sotamiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Sirdaryo viloyatida ham 20 ming gektar paxta maydoni qisqartirilishi, bu yerda anor, uzum, no‘xat, raps, soya, achchiq qalampir kabi xaridorgir meva-sabzavotlar ekilishi qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter